Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputat so‘rovi orqali yosh sportchini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevna tomonidan fuqaro murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi.
Murojaatda Nafosat mahallasida yashovchi fuqaro Trapeznikova Galina Anatolevna o‘z qaramog‘ida tarbiyalanayotgan nevarasi — yosh sportchi Marsel Meznerni qo‘llab-quvvatlash masalasida amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, Marsel Mezner ota-onasidan erta ayrilgan bo‘lib, buvi vasiyligida tarbiyalanmoqda. Shunga qaramay, u taekvondo sporti bilan muntazam shug‘ullanib, turli musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda hamda qator yutuqlarga erishgan.
Yosh sportchining sport sohasidagi natijalari va istiqbolini inobatga olgan holda, uning mashg‘ulotlari, musobaqalarda ishtirok etishi hamda zarur sport anjomlari bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida Chilonzor tuman hokimligiga deputat so‘rovi kiritildi.
Yoshlar iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish har birimiz uchun muhim vazifadir.
Mazkur deputat so‘rovi ijrosi va murojaatning hal etilishi deputat nazoratida saqlanadi.