Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IIO FMB HISOBOTI TINGLANDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Yunusobod tumani IIO FMB faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi.

Yig‘ilish davomida tumanda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, “Xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅ Maqsad — tumanda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3