Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
🔰 SAYLOVChILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
🔰 SAYLOVChILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 22-Obod saylov okrugi deputati I.Murodov tomonidan Obod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, saylovchilarning murojaat va takliflari o‘rganildi.

📋 Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar holati, bandlikni ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularning mazmun-mohiyatini o‘rgandi.

🤝 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar ishtirokini talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralarga yuborilishi belgilandi.

📌 Saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish va muammolarini hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 1