Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputat o‘z okrugidagi "Obod mahalla" dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputat o‘z okrugidagi "Obod mahalla" dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

🏛 Poytaxtimiz bo‘ylab qator hududlarda yangi o‘zgarishlar, aholi farovonligi uchun qulay muhit yaratish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolar manfaatlarini to‘liq himoya qilish yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

📝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 45-Qo‘yliqobod saylov okrugi deputati Sevara Fayziyeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi a’zolari hamda Mirobod tumani "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘ini yettilik vakillari bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 Ushbu mahalla hududida joriy yilda "Obod mahalla" davlat dasturi doirasida qator yangilanishlar, qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda bir qancha ko‘p yillik daraxtlarga turli darajada zarar yetkazilgani, ta’mirlash ishlari yashil hududlardagi o‘simliklar parvarishiga ziyon keltirgani ma’lum bo‘ldi.

🔎 Holat yuzasidan qurilish mutasaddilari bilan ekologik talablarga qat’iy rioya qilish, kelgusida bu kabi kamchiliklarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, aniqlangan muammo yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillariga tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10