Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
“Besh ming qadam” yurish marafonida Toshkent shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etdi
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Besh ming qadam” yurish marafonida Toshkent shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etdi

🏛 “Ayollar sport olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Olimpiya shaharchasida ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni tashkil etildi.

📝 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida sport madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

✨ Marafon davomida ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashqlarida qatnashib, belgilangan masofani bosib o‘tish orqali sog‘lom hayot tamoyillariga sodiqliklarini namoyon etdilar. Tadbir sportsevar xotin-qizlar, yoshlar va oilalarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, jismoniy faollik va salomatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🤝 Bunday ommaviy sport tadbirlari jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, fuqarolarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham ushbu ezgu maqsadlarga qaratilgan tashabbuslarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 5