Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI 👇👇👇👇

Sayyor qabul Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Nasiba Shukurovna Dushanovaning tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Qabul davomida xotin-qizlarning ijtimoiy himoya, bandlik, oilaviy masalalar, moddiy ko‘mak, huquqiy maslahat hamda boshqa dolzarb muammolari tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolarga mavjud qonunchilik talablari, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi yuzasidan zarur maslahatlar berildi.

Mazkur sayyor qabul “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅ Maqsad — xotin-qizlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5