Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Тadbir davomida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 6-maqsadi, xususan, 6.1, 6.3 va 6.4-vazifalari ijrosi, suv resurslarini samarali boshqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ichimlik suvi sifati, kommunal xizmatlar rivoji va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari poytaxt tumanlari aholisi manfaatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi muhokamalarda ishtirok etish davlat dasturlarining ijrosi bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni joylarda hal etishga ko‘maklashish imkonini beradi.

Deputat Voropayeva Natalya bunday tadbirlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish borasida parlament nazoratini kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

✅ Maqsad — aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ekologik muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1