Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
DEPUTAT SOʻROVI — JAMOATCHILIK NAZORATINING MUHIM QUROLI: TANQIDIY VA TAHLILIY YIGʻILISH

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilish kun tartibida shahar farovonligi, aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va saylovchilar ishonchini oqlash borasida eng taʼsirchan mexanizmlardan biri — deputat soʻrovlarining yuborilishi hamda ularning ijro holati tahliliy va tanqidiy ruhda koʻrib chiqildi.

Yigʻilish davomida faoliyati sust boʻlgan, saylovchilar murojaatlari asosida tegishli idoralarga soʻrov chiqarishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan hamda yuborilgan soʻrovlarning ijrosini oxirigacha nazoratga olmagan deputatlar va ijrochi tashkilotlar faoliyati keskin tanqid qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan ishonch har kuni va har bir soʻrovda aks etishi shartligi alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida komissiya tomonidan deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputat soʻrovlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5