Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI: FUQAROLAR XAVFSIZLIGI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI E’TIBORDA

O‘rganish davomida mazkur hududda joylashgan katta yong‘oq daraxti shoxlari elektr simlari bilan chirmashib ketgani aniqlandi. Ushbu holat elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar, qisqa tutashuv, shuningdek fuqarolarning hayoti va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Aholi tomonidan ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilingan bo‘lishiga qaramasdan, muammo hozirga qadar hal etilmagani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida hududni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, elektr simlariga xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxlarini belgilangan tartibda kesish, elektr tarmog‘ining texnik holatini ko‘zdan kechirish hamda zarur profilaktik tadbirlarni amalga oshirish so‘ralgan.

✅ Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2