Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq mahallalarda o‘rganish ishlari izchil olib borilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputati Norqobilov Shuxrat o‘z saylov hududida joylashgan “Gulobod” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” tomonidan aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Aholini qiynab kelayotgan ayrim muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Uchrashuvlar davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 avgustda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–940-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qonunda belgilangan talablar, energiya resurslaridan samarali foydalanishning ahamiyati va bu borada fuqarolarning mas’uliyati haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2