Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Dilfuza Choriyeva tumandagi “Muzrabot darvoza” mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida deputat mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan muloqot qildi. Suhbatlar jarayonida tadbirkorlarning faoliyati, erishilayotgan natijalar, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida qaydlar olindi.

Jumladan, tikuvchilik sohasida faoliyat yuritayotgan fuqarolar Saodat Xusanova va Robiya Xusanovaning mehnat faoliyati bilan tanishildi. Ular tomonidan tashkil etilgan kichik tikuvchilik sexida 5 ta tikuv mashinasi mavjud bo‘lib, bu yerda 5 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu esa mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2- mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan kafolatlar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganishlar yakunida deputat tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini, ular faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkinligini bildirib, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 3