Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
#24_ta_masala 📍 Yo‘llari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan Mitan–Chaqar avtomobil yo‘lining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur yo‘lning ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bu esa hudud aholisi va transport vositalari harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ishtixon tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur yo‘lda ta’mirlash ishlarini joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. Biroq bugungi kunga qadar ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlanmagan.

O‘rganish yakunida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlardan rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarining kechikish sabablari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish hamda yo‘lni ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur masala yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2