Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
“Pattakesar” mahallasida aholi murojaati nazoratda: Do‘stlik ko‘chasidagi transformatorni ko‘chirish masalasi deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati T.Berdiyev saylov okrugiga tegishli “Pattakesar” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fuqarolar bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.

💬 Ushbu muloqot jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Suhbat davomida mahalla ahli o‘zlarini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan jiddiy xavfsizlik muammosini ko‘tarishdi. Xususan, fuqarolar Do‘stlik ko‘chasi, 18-sonli uyning hovlisida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr transformatorini aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa xavfsiz joyga ko‘chirib berilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

💬 Aholi xavfsizligi va qulayligiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu muammoni qisqa fursatlarda bartaraf etish, transformatorni texnik talablarga mos va xavfsiz hududga ko‘chirish choralarini ko‘rish maqsadida shahar Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

📌Ushbu murojaatning amaliy yechimi va bajarilish jarayonlari deputat deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

🫥Maqsadimiz — fuqarolarimiz yashash hududlarining xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, aholining haqli murojaatlarini qonuniy va ijobiy hal etishdir!

Slide 1 of 1