Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
“Pattakesar” mahallasida "yettilik" faoliyati tahlili: Deputat nazorati va PF-209-sonli farmon ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov T.Berdiyev saylov okrugiga qarashli “Pattakesar” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Tashrif davomida Kengash mas’ullari mahalla xodimlarining (mahalla yettiligining) bugungi kundagi ish faoliyati, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla raisi bilan atroflicha suhbat olib bordilar.

💬Ushbu jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Tahlil jarayonida quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:
🟢"Yettilik" tizimining integratsiyasi: Mahalla raisi yetakchiligida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zaro hamkorlikda ish tashkil etishi;
🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni xonadonbay o‘rganish, ularni Ijtimoiy reyestr asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi amaliy choralar;
🟢Murojaatlar bilan ishlash: Fuqarolardan kelib tushayotgan kundalik muammolarni joyida hal etish samaradorligi.

💬 Muloqot yakunida Kengash raisi D.Normuradova va Kotibiyat mudiri A.Ashurov mahalla yettiligi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan doimiy muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, rasmiyatchilik va paysalga solish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar berdilar.