Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Abdinazarov o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Takiya” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Mahalla faollari bilan muloqot jarayonida mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan fikr almashilib, tegishli takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla binosiga murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilanishi, ayrim masalalar bo‘yicha esa deputatlik nazorati o‘rnatilib, tegishli mutasaddilarga deputat so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga qonunchilik doirasida yechim topish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Abdinazarov

Slide 1 of 3