Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini samarali tashkil etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiyalar raislari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–350-son, 2013-yil 22-aprel) ijrosini o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Deputatlar tomonidan mazkur qonunning amaliyotdagi ijrosini har tomonlama tahlil qilish maqsadida qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan tegishli qonunosti hujjatlari jamlandi va o‘rganildi. Shuningdek, qonun hamda unga aloqador normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilish holatini aniqlash yuzasidan maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

Mazkur savolnoma orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, yuklatilgan vazifalarning ijro etilish darajasi hamda mavjud muammolarni aniqlash rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish, ularning amaliy natijadorligini baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4