Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda

📌 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati H. Jumaboyev tomonidan Turon mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

✅ Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Inson qadri va xalq manfaatini ta’minlash yo‘lida bu kabi o‘rganishlar davom etadi.

Slide 1 of 3