Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputat nazorati

ELEKTR TA’MINOTI INFRATUZILMASINI YANGILASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 10-Toshariq saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Nabiev Anvar G‘aniyevich tomonidan Toshariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan eski simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi elektr uzatish tarmoqlarining bugungi holati, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda aholi uchun xavfsiz va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan eski va yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlar bosqichma-bosqich zamonaviy va mustahkam tayanch ustunlariga almashtirilayotgani qayd etildi. Bu ishlar elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, tizim barqarorligini ta’minlash hamda uning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur jarayonni tizimli ravishda davom ettirish, ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish masalasi deputat tomonidan nazoratga olindi.

 

Slide 1 of 2