Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalar obodligini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda

Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalar obodligini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qaroriga asosan, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Ekologik partiya a'zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna tomonidan ilgari surilgan taklif doirasida Beshyog'och mahallasidagi 2-uy oldi hududida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Loyihani moliyalashtirish uchun tuman hokimligi tomonidan 44 000,0 so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada umumiy maydoni 400 kvadrat metr bo‘lgan hududda zamonaviy asfalt qoplamasi barpo etilib, belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va transport vositalari harakati uchun yanada qulay sharoit yaratish hamda mahallaning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

✅ Fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy tashabbuslar asosida mahallalarni yanada obod, qulay va farovon hududga aylantirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2