Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
#haftalik_ishlar_muhokamasi
#haftalik_ishlar_muhokamasi
Haftaning ustuvor vazifalarini belgilash maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirokida ishchi muloqot o‘tkazildi.
 Unda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash va rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Suhbat davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, e’tibor talab etayotgan masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Yakunda hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligi aniqlashtirilib, ularning samarali va natijador tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash