Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 21-Po‘loti saylov okrugidan saylangan deputat Q.Safarov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Navgadi” mahallasi hududida joylashgan buyum bozorida aholi  uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlar ta’minoti holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning bozordagi mavjudligi, narxlar barqarorligi, savdo jarayonlarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, sotuvchilar va fuqarolar bilan muloqot qilinib, mahsulotlar narxi, sifat darajasi va ta’minot bilan bog‘liq fikr-mulohazalar tinglandi. Ayrim mahsulotlar narxining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar muhokama qilinib, aholi manfaatlarini ta’minlash maqsadida taklif va tavsiyalar berildi.
✔️O‘rganish yakunida bozorda aholi ehtiyojlari uchun asosiy turdagi mahsulotlar yetarli ekani, shu bilan birga narxlarni sun’iy oshirish holatlarining oldini olish, mahsulotlar sifatini doimiy nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
✔️Bu kabi o‘rganishlar aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda fuqarolar murojaatlarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7