Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Energiya tejamkorligi va kommunal xizmatlar — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida Qo‘qon shahrida aholini ichimlik suvi, issiq suv hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida kommunal xizmatlar sifatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiyani tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohadagi mavjud kamchiliklar, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar hamda tizimdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, energiya tejamkorligini oshirish hamda aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yig‘ilish aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3