Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📇 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini mukofotlash marosimi tashkil etildi.

📆 2026-yil mart–aprel oylarida mahallalardan tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqilib, yakunda bir qator oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

✨ Quvonarlisi, ushbu tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Abdurashid Abdushukurov hamda Sanjar Djalolovlar oilalari ham “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔼 Mazkur e’tirof ularning oilaviy qadriyatlarga sodiqligi, jamiyat hayotidagi faolligi, mahalla va jamoatchilik orasidagi hurmat-e’tibori hamda yosh oilalarga namuna bo‘lib kelayotganligi uchun topshirildi.

🧠 Tadbir davomida oilalarda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni sog‘lom va barkamol ruhda tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5