Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy muhit va uning o‘quvchi-yoshlarga ta’siri

Ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy muhit va uning o‘quvchi-yoshlarga ta’siri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 2-fevral kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan Farg‘ona viloyati hokimining 28/01-49-sonli yig‘ilish bayonining 7-bandiga asosan Farg‘ona tumanida aholini madaniy xordiq chiqarishlari, hududda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, aholiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash belgilangan.
Yuqoridagi belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining "Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya" raisi O.Dadajonova, XDP tuman Kengashi raisi B.Sobirova, tuman hokimi maslaxatchisi M.Obidovalar tumanda joylashgan 55-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasi tomonidan tashkillangan O‘zbek she’riyatining otashnafas shoirasi, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi, bahorni ilk kuni bilan yodga olinuvchi shoira Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligini keng nishonlash yuzasidan 1- va 2- sektor hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarining 17 nafar yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi xay’at a’zolari sifatida ishtirok etdilar. Tanlov uchta shart bo‘yicha o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi qizlarimizni vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birgalikda, ularda kitobga mehr uygotish hamda kelajak hayotga tarbiyalashdan iboratdir.
Tanlov yakunida goliblarga "Faxriy yorliq"lar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1