Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ахиллик маҳалласида ижтимоий ҳимоя ишлари ўрганилди
янв.21
Маҳаллада бандликни таъминлаш ишлари таҳлил қилинди
янв.21
МУРОЖААТГА АМАЛИЙ ЕЧИМ: ФУҚАРО МАНФААТИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
Котибият кунлик иш фаолияти
янв.21
Ҳафталик иш режалар кўриб чиқилди
янв.21
Қарор ижроси – амалдаги назоратда
янв.21
Депутат жойларда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
Xotin-qizlar masalalari tuman deputati hamda "MADAD" NNT nazoratida ko’rib chiqildi.

Qalaychorbog’ mahallada xotin-qizlar masalalari Тuman Kengashi mutaxassisi G.Soliyeva, 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev  tomonidan atroflicha o’rganildi. Bu jarayonda ayollarning ijtimoiy faolligi, bandligi va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus ravishda uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlari, kichik tadbirkorlik faoliyati, savdo-sotiq, xizmat ko’rsatish va kasb-hunarlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib borildi. Ular o’zini qiziqtirgan muammolar va takliflarni bildirish imkoniga ega bo’ldi. Ayniqsa, to’qimachilik, tikuvchilik, so’nggi zamonaviy kasb-hunar kurslari orqali malaka oshirish va uy sharoitida daromad topish yo’llari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tikuvchilik va boshqa kasb-hunar kurslarini tashkil etish, doimiy ish o’rinlari yaratish bo’yicha aniq vazifalarni belgiladi.

Mazkur tadbirlar mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni qo’llab-quvvatlash va jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputat tomonidan bu yo’nalishdagi ishlar muntazam nazorat qilib boriladi va samaradorligini oshirish bo’yicha zarur tavsiyalar berib boriladi
 

Slide 1 of 1