Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳафталик иш режалар кўриб чиқилди
янв.21
Қарор ижроси – амалдаги назоратда
янв.21
Депутат жойларда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi

Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich tomonidan biriktirilgan ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida Navoiy shahar 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida muassasaning faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda moddiy-texnik bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sanitariya-gigiyenik holatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning tozalik holati, ovqatlanish bloki, guruh xonalari, yotoqxonalar hamda hududdagi obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlar tomonidan sanitariya qoidalariga qay darajada rioya etilayotgani ham o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, sanitariya-gigiyena talablariga yanada qat’iy rioya qilish, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Ushbu o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish hamda tizimli nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi. Kelgusida ham bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5