Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.

Xususan, tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan, mahalla yettilig vakillari hamda mahalla faollari A.Navoiy mahallasi “Erganakli” ko‘chasida joylashgan 12-uyda yashovchi I-guruh nogironi R.Tangriqulov xonadonida xayriya hashari tashkil etildi.

Hashar davomida xonadon tomorqasi tartibga keltirilib, hudud obodonlashtirildi, hovli atrofi tozalanib, zarur yumushlar bajarildi. Ushbu xayriya tadbiri orqali ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir jarayonida mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik va saxovat kabi qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5