Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati F.Rahmanov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Jumaniyazov ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi

Ishchi guruh shahardagi 37-sonli qozonxonada bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan issiqlik tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va zamonaviy, energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish jarayonlarini joyida ko‘zdan kechirdi. Xozirda ushbu loyiha ekspertizadan o'tish bosqichida ekanligi aniqlandi. Ushbu loyiha amalga oshirish natijasida 400 dan ortiq xonadonlarga, 1 ta maktab, 1 ta MTT va 1 ta 9 qavatli yangi qurilishi davom etayotgan ko'p qavatli uylarni zamonaviy issiqlik o'tkazuvchi moslamalar o'rnatish ko'zda tutilgan. Loyiha qiymati 18 mlrd 600 mln so'mni tashkil etishini belgilab olinganligi bu boradagi ishlarning aniq maqsadlar bilan amalga oshirilayotganidan dalolat berishini ko'rsatadi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:  

Qozonxonadagi uskunalarining texnik holati;  

Energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi;  

Issiqlik tarmoqlarining yangilanish darajasi;  

Kelgusi mavsumda iste’molchilarga uzluksiz issiqlik yetkazib berish imkoniyatlari. 

Modernizatsiya ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — energiya sarfini kamaytirish bilan birga, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror issiqlik bilan ta’minlashdan iborat. 

📍 Urganch shahri 16-mart, 2026-yil

#Urganch#DeputatNazorati #EnergiyaTejamkorlik #XalqDeputatlari #ObodMahalla 

Slide 1 of 6