Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Vasila Soliyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Ishtixon tumani Barkamol avlod bolalar maktabida tashkil etilib, unda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida qonunning asosiy maqsadi, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur targ‘ibot ishlari maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4