Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Ulug‘ yo‘l mahallasida aholi bandligi va tomorqa sug‘orish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova tomonidan shaharning Ulug‘ yo‘l mahallasida hokim yordamchisining faoliyati, aholi tomorqalardan foydalanish darajasi hamda tomorqa yerlarini oqar suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi tomorqalari va ularni sug‘orish uchun mavjud infratuzilma holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Kuzatuvlar davomida ayrim ko‘chalardagi ariqlarda suvning oqimi to‘xtab qolganligi, natijada suvlar ayrim joylarda to‘planib qolayotgani aniqlanib, bu esa tomorqalarga suv yetib bormasligiga hamda ayrim joylarda yo‘l va hududlarga toshib ketish holatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Xususan, Navro‘z ko‘chasida joylashgan 5-son maktabgacha ta’lim muassasasi atrofidagi ariqlar hamda ushbu ko‘chadagi lotoklar holati misol sifatida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ariqlarni tozalash hamda suv oqimini tiklash bo‘yicha tegishli deputatlik so`rovi yuborildi.

Slide 1 of 6