Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Charxin mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan Charxin MFYda aholi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ular muammo va taklifini tinglash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish, obodonlashtirish ishlari, ichimlik suvi, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni ochiq bayon qilib, ularni hal etish bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Aholi bilan doimiy muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni o‘rganib borish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5