Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputat Abduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputatAbduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

 Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

 Mahalla yettiligi vakillari tomonidan hudud aholisi tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar deputatga yetkazildi. 

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolarni o‘rganib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi hamda hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar bildirildi.  

Slide 1 of 2