Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Хотин-қизлар фаоли ва ёшлар етакчиси фаолияти ўрганилди.
янв.21
“Қорақўрғон” маҳалласида чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш ҳолати ўрганилди.
янв.21
Коррупциявий омилларни аниқлаш юзасидан ҳамкорлик
янв.21
Аҳолига бепул дори-дармонлар тарқатилди.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Hamkorlik Memorandumi imzolandi

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Qarshi tuman Huquqiy maslahat byurosi hamda Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum tomonlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

🔹 aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;

🔹 mahalliy Kengash qarorlari va dasturlari loyihalarini birgalikda tayyorlash;

🔹 Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish;

🔹 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.

Mazkur hamkorlik hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ochiq va samarali boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1