Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Хотин-қизлар фаоли ва ёшлар етакчиси фаолияти ўрганилди.
янв.21
“Қорақўрғон” маҳалласида чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш ҳолати ўрганилди.
янв.21
Коррупциявий омилларни аниқлаш юзасидан ҳамкорлик
янв.21
Аҳолига бепул дори-дармонлар тарқатилди.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna hududlarda bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat markazda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy tibbiy uskunalar, davolash va diagnostika jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, shifokorlar hamda o‘rta tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, sohada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalarni tingladi.

Markaz rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda bolalar salomatligini mustahkamlash, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, muassasada nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizning boshqa hududlaridan kelgan bemor bolalarga ham malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Aziza Marksovna o‘z nutqida bolalar salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. U sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda zarur tashkiliy-huquqiy asoslarni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Tashrif yakunida deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar tegishli tartibda o‘rganilishi hamda amaliy choralar ko‘rilishi belgilab olindi. Bunday uchrashuvlar hududlarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va bolalar salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4