Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

2026-yil 26-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminova Aziza Marksovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati N. Poleshuk Navoiy shahrida joylashgan Orzu mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda muammolarini tizimli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Ayniqsa, “Ayollar daftari” asosida olib borilayotgan manzilli ishlar, kasb-hunarga o‘qitish va daromadli mehnatga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar mahalla faollari bilan muloqot qilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, aniqlangan ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar natijadorligini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5