Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputatlar tashabbusi bilan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda

Deputatlar tashabbusi bilan fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayevaning tashabbusi bilan Olmazor tumani “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan "Koshona" ko‘chasida o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganishlar asosida deputat so‘rovi tegishli davlat organlariga yuborildi va ular yuzasidan ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, amalga oshirilgan infratuzilma ishlari, mahalla aholisining hayotini yaxshilashga xizmat qildi. Asfalt qoplamalari yotqizish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi, bu esa aholining yo'llarda erkin harakatlanishi uchun sezilarli darajada qulaylik yaratildi. To‘planib qolgan yomg‘ir suvlarni ketishi uchun gofra quvur o‘rnatilib, kanalga chiqadigan qilindi. Piyodalar uchun alohida xavfsiz yo‘lakchalar o‘rnatilmoqda.

Bugun mahalladagi barcha aholi o'zlarining yashash sharoitlarining yaxshilanishidan mamnun bo'lib, okrug deputati, tuman hokimligiga va mutasaddi tashkilotlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Asfalt yo'llar va yo'laklar yotqizilishi natijasida, mahalla hududida transport harakati osonlashdi, aholi va bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi. Mahalla aholisining bu kabi ijobiy munosabati Mahalliy Kengashlar va fuqarolar o'rasidagi ishonchni orttirmoqda.

Aholining farovonligi va turmush sharoitlarini yaxshilashda davom etiladi.

Slide 1 of 7