Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan Katta-Navbahor mahallasi 6-uy,
3-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Yuldasheva Dilafro‘zning murojaati asosida Chilonzor tumanidagi 184-sonli umumta’lim maktabiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
  

Murojaatda fuqaroning 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Babayev Daler Olimjonovichning o‘zlashtirish darajasi pasayib ketgani, shuningdek murojaatchining og‘ir kasalligi va nogironligi sabab farzandining ta’lim jarayoniga yetarli e’tibor qarata olmayotgani ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan o‘quvchiga alohida e’tibor qaratish va amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. 

Deputatlik so‘roviga javoban 184-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati Babayev Daler Olimjonovich 4-“D” sinf o‘quvchisi ekanini va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritilganini bildirgan. O‘quvchi bilan sinf rahbari tomonidan muntazam qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borilayotgani, o‘zlashtira olmayotgan fanlari bo‘yicha bepul qo‘shimcha darslarga jalb qilingani ma’lum qilingan. 

Shuningdek: ingliz tili va rus tili to‘garaklariga jalb etilgan; maktab oshxonasida bepul ovqatlanishi ta’minlangan; maktab psixologi va logopedi biriktirilgan. Biroq o‘quvchining dars qoldirish holatlari va to‘garaklarda muntazam ishtirok etmasligi sabab ayrim fanlardan ortda qolayotgani qayd etilgan.  

Mazkur murojaat yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.