Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sport inshootlari holati o‘rganildi – sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot

Kengashning 1-yarim yillik “media-reja”sida belgilangan “Mahallalardagi sport maydonchalari, maktab va kollejlarning sport zallari, mavjud inventarlar va ularning foydalanish holatini oʻrganish, yoshlarni sportga jalb etish” borasidagi ishlar holati tuman deputati Bo‘tayev Akrom tomonidan o‘rganildi. Xususan, mahallalardagi sport maydonchalari, umumta’lim maktablari va kollejlarning sport zallari, mavjud inventarlar hamda ularning foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi deputati 1-sonli sport maktabi hamda 2-sonli sport maktabida bo‘lib, yosh sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tashrif davomida mashg‘ulot jarayonlari bevosita kuzatilib, sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport anjomlari, zal va maydonlarning holati bilan yaqindan tanishildi.

📄 O‘rganishlar jarayonida:

🔘 sport zallarining isitish va yoritish tizimi holati;

🔘 paraolimpiya yo‘nalishidagi sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

🔘 murabbiylar tarkibi va mashg‘ulotlar sifati;

🔘 iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash ishlari;

🔘 qizlar sportini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar, atroflicha muhokama qilindi.

Sportchilar bilan suhbat davomida ularning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlar deputat nazoratida davom etadi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 9