Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Zarbdorda “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yurtimizda haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va yoshlar bilan bevosita muloqotni yanada kuchaytirishga qaratilgan. Shu kun doirasida joylarda yoshlar bilan ochiq va samarali uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati I.Allayarov hamda “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan tumandagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim jarayoni, kasb tanlash masalalari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishlari va kelgusidagi rejalari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar berildi. Muloqot jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuv Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbusga muvofiq yoshlar bilan ochiq muloqotni rivojlantirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3