Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputat va yoshlar uchrashuvi: takliflar, tashabbuslar va amaliy yechimlar

Yurtimizda yoshlar siyosatini yanada rivojlantirish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur amaliyot yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu asosda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi B.Tashpulatov o‘z saylov okrugidagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Tadbirda tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ham qatnashdi. Uchrashuv jarayonida yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi, bandlik masalalari, kelgusidagi maqsad va rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va amaliy qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6