Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
O‘zbekistonning global tashabbuslardagi faolligi

Davlatimiz rahbarining Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi mamlakat tashqi siyosatida yangi sifat bosqichining boshlanishini namoyon etdi. O‘zbekiston nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda faol siyosiy ishtirokchi sifatida e’tirof etilmoqda.

Bir qator yirik kompaniyalar O‘zbekistonga kirishi mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Toshkent va Nyu-York o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar esa biznes va turizm aloqalarini yangi bosqichga olib chiqdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro moliyaviy va investitsiya loyihalarida faol ishtirok etib, strategik sheriklik va hamkorlikni mustahkamlashga ulkan imkoniyatlar yaratmoqda.

Yangi O‘zbekiston tinchlik, hamkorlik va ochiq muloqotni ustuvor qilgan holda, taraqqiyotini xalqaro maydondagi faol ishtiroki orqali ta’minlamoqda hamda mintaqaviy va global miqyosda barqaror rivojlanishning muhim poydevorini yaratmoqda.

Deputat sifatida ishonamanki, Yangi O‘zbekiston tinchlik, hamkorlik va ochiq muloqotni ustuvor qilayotgan davlat sifatida o‘z taraqqiyotini xalqaro maydondagi faol ishtiroki orqali ta’minlamoqda.

O.Mamatqulov
Jizzax viloyat Kengashi deputati