Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🌾 Sherobodda xotin-qizlar bilan uchrashuv: kambag‘allikni kamaytirish va yerdan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi

📌 Sherobod tumani 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasidagi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor kambag‘allikni kamaytirish, oilaviy daromadlarni oshirish va yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga qaratildi. ❗️

💬 Suhbat davomida mahalladagi xotin-qizlar o‘z tashvishlari va takliflarini bildirib, amaliy yechimlar yuzasidan maslahatlar oldi. Deputat mahalla aholisi bilan yaqindan ishlash va loyihalarni amalga oshirish borasida o‘z rejalari bilan bo‘lishdi.

🌱 Tadbirda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini unumli ishlatish, oilaviy tomorqalarni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida tavsiyalar berildi.

🔔 Ushbu uchrashuv xotin-qizlar faolligini oshirish, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va yer resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4