Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Mirishkor" mahallasi hududida joylashgan 9-oilaviy poliklinikada, deputat Gulsara Rizayeva hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda tibbiyot xodimlari hamda fuqarolarga so‘nggi vaqtlarda ko‘payib borayotgan internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz foydalanish hamda turli zararli havolalar orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, noma’lum raqam va havolalarga ishonmaslik, bank kartalari rekvizitlarini oshkor qilmaslik zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, real hayotiy misollar orqali kiberjinoyatchilar qo‘llayotgan usullar haqida ogohlantirilib, bunday holatlarga duch kelganda darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri aholining axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3