Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Mahalla faollari bilan uchrashuv.

 Joriy yilning 18-fevral kuni Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 2-Ko‘prikboshi saylov okrugidan saylangan deputat F.Adug‘ofurova mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholini qiynayotgan muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarni tinglash hamda ularni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 

Shuningdek deputat tomonidan faollarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar hamda ularning mazmun mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Mahalla faollari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish, kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar bildirildi,qolaversa, yoshlar uchun sport maydonchalari barpo etish va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish taklif etildi. 

Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishini hamda masalalar nazoratga olinishini ma’lum qildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. 

Yakunda deputat mahalla faollarini hamkorlikda ishlashga, aholi manfaatlarini himoya qilishda faol bo‘lishga chaqirdi.  

Slide 1 of 3