Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

 Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mahalliy budjet ijrosiga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.  

 Sessiya kun tartibidagi:  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya
organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida;
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;
 

Toshloq tuman prokuraturasining 2025-yil davomida amalga oshirgan faoliyati to‘g‘risida; 

Toshloq tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining 2025-yil davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida; 

Toshloq tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida;  

Toshloq tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

Toshloq tumani mahalliy budjetining 2025-yil IV-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida; 

2025-yil 4-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida; 

Toshloqtumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarini yo‘naltirish to‘g‘risida mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi. 

 Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 13