Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputatlik nazorati

Bugungi kunda xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. 

Marg‘ilon shahridagi “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2024-yilda 15 ta jinoyat holati qayd etilgani sababli mahalla “qizil hudud” sifatida ro‘yxatga olingan edi. Ammo mahalla yettiligi, faollar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida tizimli ish olib borilishi natijasida salbiy holatlarning oldi olindi, jinoyatchilik keskin kamaydi.

Shu jarayonda “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan ham aniq maqsadga qaratilgan o‘rganishlar amalga oshirildi. “Qashqar” mahallasida olib borilgan ishlar natijasida “qizil” hududdan “sariq hudud” tarkibiga kirishga erishilgani aniqlandi.

Partiya deputatlik guruhi tomonidan vaziyatni yanada yaxshilash va fuqarolarning huquqiy faolligini oshirish bo‘yicha mahalla yettiligiga qator amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3