Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод туман Кенгашининг 8-сессияси кун тартибига киритилган масалалар доиммий комиссиялар томонидан дастлабки тарзда кўриб, мухокама қилинди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод туман Кенгашининг 8-сессияси кун тартибига киритилган масалалар доиммий комиссиялар томонидан дастлабки тарзда кўриб, мухокама қилинди.
Jinoyatchilik oshdi, yarmi axborot texnologiyalari yo‘nalishida

Jinoyatchilik oshdi, yarmi axborot texnologiyalari yo‘nalishida 

➡️Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 9 oyida viloyat hududida 10 321 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davrida bu 4 144 tani tashkil etgan. Sodir etilgan umumiy jinoyatlar har 100 ming aholiga 240,2 tani tashkil etib, bu borada Samarqand shahri (251,5 ta), Paxtachi tumani (194,7 ta) hamda Kattaqo‘rg‘on shahri (169,2 ta) eng yomon ko‘rsatkichlarga ega.

➡️Viloyatda jami 3 407 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etilgan va ularning asosiy qismi o‘g‘rilik (913 ta) hamda firibgarlik (461 ta) bilan bog‘liq. O‘g‘riliklarning 22,8 foizi xonadonlarda, 10,4 foizi savdo shoxobchalarida sodir etilgan bo‘lsa, 20,5 foizini hayvon o‘g‘riliklari, 9,6 foizini trasnport vositasidan o‘g‘rilik va 8,7 foizini kissavurlik jinoyatlari tashkil etgan.

➡️Aytish joizki, hisobot davrida kiberxavfsizlik yo‘nalishida 4 734 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ularning 98 foizi (4 634 ta) fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pullarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan. Shundan, 2 159 tasini kiber firibgarlik va 2 475 tasini kiber o‘g‘rilik jinoyatlari tashkil qilgan. Mazkur turdagi jinoyatlarning 2022 tasi soxta havola, zararli dastur orqali karta yoki qurilma boshqaruvini qo‘lga kiritish, 1400 tasi xizmat yoki tovarga oldindan to‘lov talab qilish, 90 tasi telefon orqali bank xodimi nomidan qo‘ng‘iroq qilish (IP (telefoniya)), 285 tasi soxta “onlayn birja”da pul ko‘paytirishga va 282 tasi turli sohalarga investisiya kiritishga taklif shaklida amalga oshirilgan.

➡️IIB ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan vaqtda 81 ta “qizil” toifali mahalladan 61 tasining toifasi ijobiyga o‘zgartirilgan, shundan 34 tasi “yashil”ga o‘tgan. Biroq “qizil”da qolgan 20 ta mahallaning 7 tasida kriminogen vaziyat o‘zgarmaganligi sababli 5 yildan buyon tegishli toifadan chiqarilmay kelinmoqda. 

➡️Sohada ijobiy natijalar ham yo'q emas. Xususan, olib borilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida 1081 ta mahallaning 374 tasida jinoyat umuman sodir etilmagan. Shuningdek, jami jinoyatlarning 9 311 tasi yoki 90 foizi fosh etilib, tergov organlaridan yashiringan 742 nafar shaxslar ushlangan hamda 29 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan.

Elyor Ulug‘murodov,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1