Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод туман Кенгашининг 8-сессияси кун тартибига киритилган масалалар доиммий комиссиялар томонидан дастлабки тарзда кўриб, мухокама қилинди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод туман Кенгашининг 8-сессияси кун тартибига киритилган масалалар доиммий комиссиялар томонидан дастлабки тарзда кўриб, мухокама қилинди.
Doimiy komissiya yig‘ilishida — dolzarb masalalar va qat’iy talablar

 Doimiy komissiya yig‘ilishida — dolzarb
masalalar va qat’iy talablar
 

  

Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari
tuman Kengashining “Ijtimoiy soha,
yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda jamiyat hayotiga bevosita
ta’sir etuvchi bir qator muhim masalalar muhokama etildi.
 

Birinchilardan bo‘lib tuman hokimi o‘rinbosari,
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Abdug‘anieva “Ayollar daftari”ning
6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va 2025 yilning
o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Hisobotda ayollarning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ish bilan ta’minlash va ularning turmush darajasini
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
 

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limi boshlig‘i Sh.Yuldashev “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida amalga
oshirilgan ishlar, 2024–2025-o‘quv yili yakunlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
bo‘yicha axborot berdi. Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida infratuzilmani takomillashtirish,
pedagoglar malakasini oshirish va bilim sifati ustidan nazoratni kuchaytirish
zarurligi alohida ta’kidlandi.
 

Kun tartibida “O‘zbekiston–2030” strategiyasining
“Atrof-muhitni asrash va ‘yashil iqtisodiyot’ yili” davlat dasturi ijrosi haqidagi
masala ham kiritilgan edi. Biroq mas’ul idoralar va mutasaddilarning loyihaga
nisbatan loqaydligi tufayli mazkur masala kun tartibidan chiqarildi. Komissiya
a’zolari bu holatni keskin tanqid qilib, mas’ullarga nisbatan tuman Kengashi
raisi va tuman hokimiga bildirgi kiritish taklifini bildirdilar. Taklif bir
ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan
masalalar bo‘yicha aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ular tuman Kengashining
navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.
 

Doimiy komissiya yig‘ilishidagi muhokamalar
yana bir bor shuni ko‘rsatdiki — ijro intizomi, mas’uliyat va faollik har bir
rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi shart.
 

Haqiqiy natija — faqat amaldagi ish,
tizimli nazorat va javobgarlik orqali bo‘ladi.
 

   

Slide 1 of 5