Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining to'qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi B.Mirzayev hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi T.Mahmudovlarning hisobotlari haqida;

2. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi S.Zayniyevning viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

3. Viloyat hokimining 2023-yil 8-noyabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2023-yil I va II chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish to‘g‘risida”gi 312-7-0-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;

4. Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

5. Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari obyektlarini qurish va ta’mirlash ishlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;

6. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 18-martdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi
VI-59-63-7-0-K/22-sonli qarori bilan ajratilgan mablag‘ining tejab qolingan qismini yo‘naltirish to‘g‘risida;

7. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 17-iyundagi
“Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-65-132-7-0-K/22-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida;

8. Samarqand viloyat prokuraturasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 10.2/5/23-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 

Slide 1 of 1