Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING 93-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 Oltinchi noyabr kuni Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 93-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab sessiyada Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari – Ashraf Salaydinov tumanda oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi asosida ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash borasida 2023 yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib o‘tdi.
 

Taʼkidlandiki, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tumanda jami 12 045 mln.so‘m
imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 39 ta mahallalar kesimida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja-grafigi asosida joriy yilning III-chorak yakuni bo‘yicha jami 140 nafar fuqaroga 3,3 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
 

Shuningdek, sessiyada yig‘ilganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha Mirobod tumanida 2023 yil 3-choragi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va dolzarb masalalar yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari – Anvar Sayfutdinovning, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Axror Axunovning, tuman IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari - Otabek Xodjayevning, tuman DSI rahbari, 4-sektor rahbari - Xabibulla Inomovning hisobotlarini tingladilar.
  

Slide 1 of 6